35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada uyma-uy yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tomonidan "Obod yurt" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi uyma-uy o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4