35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

 SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputati, tuman hokimi X.Umarov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda ijobiy
hal etish choralarini ko‘rish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
 

Sayyor qabulda Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash deputati A.Dadajonov,
Kengash huzuridagi yoshlar maslahat guruhi raisi J.Abdurashidovlar ishtirok
etdi.
 

Qabulda fuqarolar tomonidan uy-joy masalalari, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa sohalarga oid murojaatlar bildirildi.
 

Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida atroflicha
muhokama o‘tkazilib, qonunchilik doirasida joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan
masalalar bo‘yicha amaliy yechimlar qabul qilindi.
 

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni belgilangan
muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 4