35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
BO‘STON MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

 BO‘STON MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.To‘lqinboyev hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Bo‘ston mahalla fuqarolar
yig‘ini hududida, xususan, Gulirayxon ko‘chasida manzilli o‘rganish ishlari
olib borildi.
 

O‘rganish davomida ko‘chaboshi I.Lutfiyev bilan birgalikda hudud aylanib
chiqilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi hamda ularni qiynab kelayotgan
muammolar o‘rganildi. Suhbat davomida asosiy muammolardan biri sifatida
Gulirayxon ko‘chasiga o‘rnatish uchun sotib olingan 69 dona beton tayanch
ustunlari oradan 75 kun o‘tgan bo‘lsa-da, hanuzgacha o‘rnatilmagani qayd
etildi.
 

Aniqlangan muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi.
Deputat tomonidan mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ulga deputat so‘rovi chiqarilishi
va masalani nazoratga olishi ma’lum qilindi.
  

Slide 1 of 3