35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Ulug‘bek Allaberganov Qorovul mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ–642-sonli "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning doimiy daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlarning holati tahlil qilindi. Shuningdek, qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholining bandligini oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur nazorat tadbiri deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Instagram | Face bookYou Tube