35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Olimlar” MFY, 145-sonli DMTTga tashrif davomida bolajonlar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash holati hamda sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan muhit, ularning sog‘lom va xavfsiz sharoitda tarbiyalanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida muassasaning ayrim infratuzilma bilan bog‘liq muammolari ham aniqlandi.

Xususan, bolalar bog‘chasidagi cho‘milish xavzasi (basseyn)ni ta’mirlash yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirokida joyida o‘rganilishi va mavjud muammolarni bartaraf etish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejalashtirildi.

Tashkilot yonidagi yo‘l yoqasida tirband qo‘yilishi oqibatida fuqarolar harakatlanishi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgan va xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, ta’qiqlovchi yo‘l belgilarini qo‘ydirish maqsadida mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5