35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Qo‘qon shahar filiali tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, 2026-yil 22-iyuldagi 84-ds-295-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida Qo‘qon shahar “Ganjiravon” MFY aholisi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida suv minorasi qurish masalasi mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur hududda ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida zarurat mavjudligi aniqlangan taqdirda ushbu loyihani tegishli davlat dasturlariga kiritish bo‘yicha taklif berilishi ma’lum qilingan.

Deputatlik so‘rovi asosida ko‘tarilgan masala mutasaddi tashkilot tomonidan nazoratga olinib, hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida tegishli ishlar davom ettirilishi bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi