Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
🏗 Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–223-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi "Adolat" SDP deputati D.Shadanova, "Adolat" SDP Shovot tumani Kengashi raisi M.Abdiyazova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda Shovot tumani Eshonqal’a mahallasida joylashgan 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holatini o‘rgandi.
🏫 O‘rganish davomida Davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, bajarilish sur’ati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
🔍 Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan qurilish ishlarining borishi muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishlarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Davlat dasturida belgilangan vazifalarning joylarda to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda qurilish ishlari sifati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 10