Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
#deputat_faoliyati

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 20-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat M.Hojiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamkorligida "Tinchlik" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
️O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari amaldagi tartiblar asosida tashkil etilayotgani yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.
️Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda muammolarni qayd etish daftariga kiritilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
️Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni manzilli hal etishga ko‘maklashishdan iboratdir.
️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan mahallalarda ijtimoiy soha faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5