Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
янв.21
XONQADA YANGI BOG‘CHA QURILISHI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLAR VA INFRATUZILMA — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QO‘SHKO‘PIRDAGI “OG‘IR TOIFA”LI MAHALLA QIYOFASI O‘ZGARMOQDA: INFRATUZILMA VA MABLAG‘LAR NAZORATDA!
янв.21
URGANCH TUMANIDA YIRIK LOYIHA: 35 GEKTARLIK «EKO-TURIZM» ZONASI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI OʻZ SAMARASINI BERDI: URGANCHDA AHOLI TALABI IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi boshchiligida Kengash kotibiyati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalliy Kengash faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari hamda nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini monitoring qilish, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni muvofiqlashtirish hamda ijro intizomiga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ekspert va Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yoritish, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda deputatlik faoliyatini keng targ‘ib etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

🔎 Xususan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, sessiya materiallarining sifatli tayyorlanishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📍 Yakuniy tahlillarga ko‘ra, Olmazor tuman Kengashi kotibiyatida hujjatlar elektron shaklda tizimli yuritilayotgani, qarorlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib "E-Kengash" platformasiga joylashtirilayotgani, deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda mahalliy Kengash faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. O‘rganish yakunida kotibiyat xodimlariga mavjud ijobiy tajribalarni yanada rivojlantirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3