Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
QAROR IJROSI YO‘LIDA
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Zomin tumani hokimining 2026-yil 2-iyundagi topshirig‘i  asosida tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasa va idoralarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan o‘rganish tadbirlarining navbatdagisi tuman Davlat soliq inspeksiyasida tashkil etildi. Tuman hokimligi qoshida tuzilgan ishchi guruh va Kengash kotibiyat mudiri bilan birga olib borilgan o‘rganish ishlari davomida davlat tilida ish yuritish tartibi va tashqi yozuvlar holati nazorat qilindi. Shuningdek, xodimlarning savodxonligini oshirish maqsadida inspeksiya bo‘lim boshliqlari, sho’ba mudirlari ishtirokida  “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan inspeksiya rahbariyati va mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 6