Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov tomonidan Zomin tuman elektr tarmoqlari korxonasiga chiqarilgan deputatlik so‘roviga javob berildi.

So'rovda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-sonli “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Beshkubi MFY hududda olib borilishi belgilangan ayrim qurilish-montaj ishlari bugungi kunga qadar yakuniga yetkazilmaganligi sababli aholi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushayotganligi ta’kidlangan.

Murojaat bo'yicha mas’ul tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mavjud muammoni bartaraf etish hamda belgilangan qurilish-montaj ishlarini yakunlash ishlari joriy yilning IV choragida ijobiy hal etilishi rejalashtirilganligi ta’kidlandi.