Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov

Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov:

⚡️“Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, tibbiyot muassasalarida sanitariya talablariga rioya etilishi ham alohida ahamiyatga ega.
Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida viloyatdagi 332 ta davolash-profilaktika muassasasida davlat sanitariya nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

➡️O‘rganishlar davomida ayrim muassasalarda sanitariya tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini talab darajasida tashkil etmaslik kabi kamchiliklar aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi, ayrim muassasalarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar faoliyat vaqtincha to‘xtatildi.

➡️Sanitariya qoidalariga amal qilish — bu shunchaki talab emas, avvalo bemorlar va tibbiyot xodimlari salomatligini himoya qilishga qaratilgan muhim vazifadir.
➡️Bu boradagi nazorat va profilaktik ishlar izchil davom ettiriladi.”

Slide 1 of 1