35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq bilan muloqot – muammolar yechimining muhim omili

✅2-Bektepa saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Yo'ldoshev Bahrom Xolto'rayevich tomonidan Bektepa MFYda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

🚨 Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🚨 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚨 Bunday uchrashuvlar fuqarolar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning samarali yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan ochiq muloqot va amaliy ishlar hududlar rivoji hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1