35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
Ekologiya sohasidagi hisobot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Qo‘qon shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilish holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayevlar tomonidan “Indorama” xorijiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Xususan, korxonada atmosfera havosining changlanish darajasini nazorat qilish uchun o‘rnatilgan zamonaviy monitoring uskunalari, hududda barpo etilgan yashil belbog‘ hamda korxona laboratoriyasining faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, shahar Ekologiya bo‘limi hisobotida keltirilgan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida o‘rnatilgan filtr tizimlarining samaradorligi bilan tanishildi.

Korxonada kimyoviy ishlov berish jarayonlarida qo‘llanilayotgan mahsulotlarning ekologik xavfsizligini ta’minlash, ularning atrof-muhitga ta’sirini nazorat qilish bo‘yicha laboratoriya tomonidan amalga oshirilayotgan monitoring ishlari yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda ishlab chiqarish korxonalarida amaldagi ekologik me’yor va talablarga qat’iy rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha asoslantirilgan xulosalar tayyorlash va ekologik nazorat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7