Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
BO‘STON MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK MASALALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva o‘z saylov okrugidagi Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida hududda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalar ajratish orqali daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.

Uchrashuv davomida hududdagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarni daromad keltiruvchi faoliyatga jalb etish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5