Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
Bolalar xavfsizligi — ustuvor masala

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva tomonidan Yunusobod tumani 15-mavze, “O‘zbekiston mustaqilligi” mahallasi, 51a, 51 va 49-uylar hovlisida joylashgan bolalar maydonchasidagi qator kamchiliklar aniqlandi.

O‘rganishlar davomida bolalar maydonchasida jarohatlanishning oldini oluvchi xavfsiz qoplama mavjud emasligi, maydoncha yaqinida sanitariya masofalari talablariga rioya etilmagan holda chiqindi to‘plash nuqtasi joylashgani, shuningdek, hudud yaqinida transformator podstansiyasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirib, sanitariya me’yorlari buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi, hududdagi kamchiliklar bartaraf etilishi va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 1