Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AVTOBUS YOʻNALISHLARIDAGI ZARARLARNI QOPLASH: KENGASH KOTIBIYATI MONITORINGI
янв.21
YANGIARIQNING "OGOHIY" MAHALLASIDAGI ELEKTR MUAMMOLARI BOʻYICHA DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI!
янв.21
BOGʻOTDAGI ELEKTR VA YOʻL MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOGʻOTDA "YASHIL ENERGIYA": QONUN IJROSI AMALDA EKANLIGI OʻRGANILDI!
янв.21
ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA
янв.21
YOSHLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT: “ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHIMLIK SUVI VA OQOVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI TARIFLAR DASTLABKI BOSQICHDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat hududda: Aholi muammolari va ularning yechimi e’tiborda
янв.21
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!
янв.21
Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi
Payariq tumanida meliorativ obyektlarni rivojlantirish doirasida 2027-yil Davlat dasturiga taklif etilayotgan “Choshtepa” kollektorini ta’mirlash va tiklash loyihalari obyektlarining manzilli ro‘yxati muhokama qilindi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati 

Payariq tumanida meliorativ obyektlarni rivojlantirish doirasida 2027-yil Davlat dasturiga taklif etilayotgan “Choshtepa” kollektorini ta’mirlash va tiklash loyihalari obyektlarining manzilli ro‘yxati muhokama qilindi.

Mazkur masala Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hisobot eshitildi.

Hisobotda “Choshtepa” kollektor tarmoqlarining mavjud holati, ularni ta’mirlash va tiklash zarurati, shuningdek loyiha amalga oshirilishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sizot suvlar sathini pasaytirish hamda yerlarning sho‘rlanish darajasini kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan natijalar atroflicha muhokama qilindi.

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 4