Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasida aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini yoritish bo‘yicha tasdiqlangan MEDIA-REJA ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari D.Sherboyev, L.Musayev va viloyar Kengashi deputati E.Sobirovlar tuman tibbiyot birlashmasida aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdilar.

Kutilmaganda salomatligimizda biror muammo yuzaga kelsa, birinchi navbatda shifokorlarga murojaat qilamiz. Tibbiy yordam inson hayotini, sog‘lig‘ini saqlashda alohida o‘ringa ega. Shu bois yurtimizda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda o‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam sifatining bugungi zamon talablari asosida ko‘rsatilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor berildi. Shifoxonada davolanayotgan bemorlarga yaratilgan sharoitlar, muolajalarni o‘z vaqtida qilinayotganligi yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlar qilindi va bu bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Ma’lumot o‘rnida, Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 1 ta markaziy shifoxona, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 6 ta oilaviy poliklinika, 4 ta oilaviy shifokorlik punkti 156 812 nafar axoliga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasida 71 turdagi labarotor tekshuruvlar uchun kafolatlangan reaktivlar ro‘yxati, 297 turdagi kafalotlangan dori dormonlar ro‘yxati, 53 turdagi kafalotlangan tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ham ko'zdan kechirildi. Bunda isitish pechlarining mavsumga tayyor holatga keltirilganligi, jamg'arilgan ko'mir hamda muqobil elektr energiya bilan ta'minlovchi uskunalar holati o'rganildi. Kuz-qish mavsumida tuman tibbiyot birlashmasida binolarni isitish autsorsing xizmatlari asosida tashkil etilgan. Isitish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isi jamg‘arilgan.

O‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan muassasada aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 11