Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Mahalliy kengash deputati mahallada: uchrashuvlar davom etmoqda

 🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 11-“Qumariq” saylov okrugidan saylangan deputat Xasanboy Mamadaliyev, O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Zamiraxon Darvisheva “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. “Mahalla yettiligi” faollari ham ishtirok etgan uchrashuvda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, mahallalardagi aholining yashash sharoiti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda aholi
bandligi masalalari o‘rganildi. 

🔹Mahalla ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, fuqarolar faolligini oshirish yo‘nalishlaridagi ishlar atroflicha muhokama qilindi. Deputat va mas’ullar hamkorlikda mavjud muammolarni joyida o‘rgandilar, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Deputat fuqarolar murojaatlari ijrosini nazoratga olish bilan birga muammolarning amaliy yechimini topish bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Shuning bilan birga aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, mahalla ahlining ijtimoiy faolligini kuchaytirish va mahalla hayotida fuqarolar ishtirokini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati 

  

   

Slide 1 of 1