Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Deputatlar ishtirokida fuqarolar murojaatlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, ularning mazmuni va ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam, bandlik, uy-joy ta’miri, yoshlar bandligi hamda oilaviy masalalarga oid murojaatlar tahlil qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddati belgilandi.

Shuningdek, mahalla yettiligining faoliyati, ular tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar, profilaktika choralari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligi o‘rganildi. Deputatlar tomonidan yettilik a’zolarining mahalla aholisining muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, ularni yechishdagi mas’uliyati, tashabbuskorligi va hamkorlik darajasi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida okrug deputati aholining farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni joyida hal etish va mahalla tizimi faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. U fuqarolar manfaatini ta’minlash yo‘lida davlat organlari va mahalla faollarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Slide 1 of 4