Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Farg‘ona tumanida ochiq muloqot: aholi dardi — deputatlar diqqat markazida!

 Farg‘ona tumanida ochiq
muloqot: aholi dardi — deputatlar diqqat markazida!
 

  

Farg‘ona tumanida Xalq deputatlari
tuman Kengashi deputatlari va O‘zLiDeP partiyasi vakillari aholi bilan ochiq
muloqot o‘tkazdi. Deputat Sadoqat Mirzaeva hamda partiya tuman Kengashi
apparat rahbari Saida Otadjonova “Navkent”, “Yuksalish”, “Shohimardonobod”
va “Toshqo‘rg‘onaziz” mahallalarida bo‘lib, faollar bilan birgalikda ko‘z-qish
mavsumiga tayyorgarlik holati, mahallalardagi sharoit, obodonlashtirish
ishlari va aholi bandligi masalalarini o‘rgandilar.
 

Uchrashuvlarda “Mahalla yettiligi” faollari
ham ishtirok etib, mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash,
yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, hamda odamlarning faolligini
oshirish yo‘nalishlaridagi ishlar muhokama qilindi. Deputat tomonidan mas’ullar
bilan hamkorlikda mavjud muammolar joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha
aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Shuningdek, aholi turmush sharoitini
yanada yaxshilash, ijtimoiy faollikni kuchaytirish va mahalla hayotida fuqarolar
ishtirokini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
 

Ochiq muloqotlar — xalq dardini
eshitish va amalda yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda!
  

Slide 1 of 4