Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

 Shaharda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan “8-Tumar” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari G`ozg`on
shahar Kengashi deputati Jo‘rayeva Ruxsora Sobirovna
tashabbusi bilan shahar hududidagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. 

Mazkur o‘rganish jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining sovuq mavsumga tayyorlik darajasini baholash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni qisqa
muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iborat.
 

Deputat ishtirokida o‘tkazilgan monitoring davomida quyidagi jihatlar chuqur o‘rganildi: 

- maktab binolaridagi isitish tizimlarining holati va ularning to‘liq ishga tayyorligi; 

- ko‘mir zaxiralarining mavjudligi hamda sifat darajasi; 

- eshik va oynalarning mahkamligi, issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan
chora-tadbirlar;
 

- ichimlik suvi, elektr energiyasi va issiqlik ta’minotining uzluksizligi.  

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ta'lim muassasasiga isitish mavsumida jami 110 tonna ko'mir maxsuloti kerakligi va hozirda 30 tonnadan ziyod ko`mir zaxirasi mavjudligi aniqlandi,
shu bilan birga deputat tomonidan ayrim ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini jadallashtirilishi lozimligi qayd etildi, hamda mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni
qisqa muddatlarda bartaraf etish, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
  

Slide 1 of 11