Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Memorandum
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Хонқа туман тиббиёт бирлашмасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида
янв.21
Maktablarda sifatli ta'limni tashkl qilish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan 19-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi jarayonlardan lavxalar
янв.21
📌Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Partiyaning ustuvor vazifalari haqida davra suhbati
янв.21
O'zLiDeP Хонқа туман Кенгаши ташаббуси билан тумандаги 27-сон мактаб биносида “Фаровон оила” лойиҳаси доирасида 25 ноябрь - Халқаро аёлларга нисбатан зўравонликка қарши кураш куни муносабати билан “Биз зўравонликка қаршимиз!” шиори остида тадбир ташкил этилди.
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi faoliyati hamda amalga oshiriyotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati S.Nurmahmatov tumandagi “At-Termiziy” mahallasidagi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning murojaatlarini mahallaning o‘zida hal etish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda.

“Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga mahalladagi har bir yoshning ijtimoiy, iqtisodiy hamda salomatlik holati yuzasidan ma’lumotlar doimiy kiritilishi imkoni yaratilganligi yoshlarni qiynayotgan savollarga javob topishni yanada yengillashtirdi. Yoshlar qanchalik bilimli, kasbli va hunarli bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti shuncha taraqqiy etadi. Bu borada yetakchilar yoshlarga yaqin do‘st, maslahatgo‘y va ko‘makdosh bo‘lmoqda.

Ushbu mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan joriy yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimli ishlar amalga oshirib kelmoqda. O‘rganishlar yakunida deputat mahalladagi har bir yoshning muammo va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida alohida chora-tadbirlar belgilab olish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari jumladan,

- Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish;

- Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish;

- O‘zini o‘zi band qilgan hamda tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishlarini aniqlash, ularni kichik biznes sub’ektiga aylanishiga yordam berish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari o‘rganildi.

Slide 1 of 2