Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Memorandum
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Хонқа туман тиббиёт бирлашмасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида
янв.21
Maktablarda sifatli ta'limni tashkl qilish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan 19-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi jarayonlardan lavxalar
янв.21
📌Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Partiyaning ustuvor vazifalari haqida davra suhbati
янв.21
O'zLiDeP Хонқа туман Кенгаши ташаббуси билан тумандаги 27-сон мактаб биносида “Фаровон оила” лойиҳаси доирасида 25 ноябрь - Халқаро аёлларга нисбатан зўравонликка қарши кураш куни муносабати билан “Биз зўравонликка қаршимиз!” шиори остида тадбир ташкил этилди.
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar

 Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar 

2025 yilning 7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni
saqlash tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan
yig‘ilishda belgilangan vazifalar, xususan, “90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” doirasida
belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumanda bir qator ishlar
amalga oshirilgan.  

Ushbu ishlarni bajarilishi doirasida xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot
muassasalaridagi qurilish, ta’mirlash ishlari bo‘yicha navbatdagi o‘rganishlarni
olib bordilar. 

Jumladan, deputatlar Yangi hayot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 4-son oilaviy poliklinikada
“Hamkor-House SSS” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan, shuningdek, Qorashoh
mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 9-son oilaviy poliklinikada “Mirzo Saodat”
MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati va
bajarilish holatini o‘rgandilar. 

O‘rganishlar davomida, ayniqsa, 9-son oilaviy poliklinikada qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan
muddatdan kechiktirilgani, shu bilan birga ishlar to‘liq yakunlanmagani hamda sifat
jihatdan bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Aniqlangan holatlar
yuzasidan deputatlar tomonidan qurilish ishlariga mas’ul shaxslarga tegishli e’tiroz
va tavsiyalar bildirildi. 

Shuningdek, ushbu oilaviy poliklinikada olib borilgan ishlarga huquqiy baho berish maqsadida
o‘rganish natijalarini tuman prokuraturasiga taqdim etish bo‘yicha kelishib olindi. 

Qayd etish joizki, bunday o‘rganishlar tumanda sog‘liqni saqlash tizimini izchil rivojlantirish, aholiga
yaqin, sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, shuningdek, davlatimiz
rahbari tomonidan belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan
deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.  

Slide 1 of 4