Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Memorandum
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Хонқа туман тиббиёт бирлашмасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида
янв.21
Maktablarda sifatli ta'limni tashkl qilish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan 19-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi jarayonlardan lavxalar
янв.21
📌Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Partiyaning ustuvor vazifalari haqida davra suhbati
янв.21
O'zLiDeP Хонқа туман Кенгаши ташаббуси билан тумандаги 27-сон мактаб биносида “Фаровон оила” лойиҳаси доирасида 25 ноябрь - Халқаро аёлларга нисбатан зўравонликка қарши кураш куни муносабати билан “Биз зўравонликка қаршимиз!” шиори остида тадбир ташкил этилди.
Farg‘ona tumanida Xalq deputatlari Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumanida Xalq deputatlari Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumani hokimligida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi o‘tkazilib, unda deputatlar, xotin-qizlar faollari hamda tegishli tashkilotlar rahbar va mutaxassislari ishtirok etdilar.

Sessiyada tuman hayoti va aholi farovonligiga bevosita ta’sir etuvchi uchta dolzarb masala atroflicha muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan mas’ullar tomonidan alohida hisobot taqdim etildi:

1️⃣ Birinchi masala bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash holati haqida

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O. Abduraximov atroflicha ma’lumot berdi.

2️⃣ Ikkinchi masala bo‘yicha — “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Tuman hokimi o‘rinbosari X. Abduganiyeva hisobot taqdim etdi.

3️⃣ Uchinchi masala bo‘yicha — Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilgan ishlar, 2024–2025-o‘quv yili yakuni hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari haqida

Tuman MMTB boshlig‘i Sh. Yuldashev xizmat safarida bo‘lganligi sababli, hisobot

MMTBning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Raximova tomonidan o‘qib eshittirildi.

---

Sessiya yakunida deputatlar tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan aniq taklif va amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar berildi. Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10