Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Memorandum
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Хонқа туман тиббиёт бирлашмасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида
янв.21
Maktablarda sifatli ta'limni tashkl qilish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan 19-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi jarayonlardan lavxalar
янв.21
📌Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Partiyaning ustuvor vazifalari haqida davra suhbati
янв.21
O'zLiDeP Хонқа туман Кенгаши ташаббуси билан тумандаги 27-сон мактаб биносида “Фаровон оила” лойиҳаси доирасида 25 ноябрь - Халқаро аёлларга нисбатан зўравонликка қарши кураш куни муносабати билан “Биз зўравонликка қаршимиз!” шиори остида тадбир ташкил этилди.
Ulug‘ yo‘l mahallasida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va “Yashil makon” loyihasi ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati D. Xolmatova "Ulug‘ yo‘l" mahallasida, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan tanishdi.

Mahalladagi har bir xonadonning tomorqa yerlaridan maqsadli va unumli foydalanish holati o‘rganilib, fuqarolarga agrotexnika qoidalariga rioya qilish, kuzgi ekinlarni parvarishlash, issiqxonalarni samarali boshqarish, shuningdek, zamonaviy sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Yordamga muhtoj oilalar uchun urug‘, ko‘chat va o‘g‘itlar taqdim etilishini tashkil etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida mahallada daraxt ekiladigan hududlar belgilab olinib, aholi bilan birgalikda manzilli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jarayonda mahalla aholisi, yoshlar va ta’lim muassasalari faollari keng jalb qilindi. Ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish, sug‘orish va himoya qilish bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ularning holati ustidan doimiy monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Deputat tomonidan o‘rganishlar jarayonida mahalladagi mavjud muammolar, aholining taklif va ehtiyojlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilmoqda. Tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yashil hududlar ulushini ko‘paytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4