Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хонқа туман тиббиёт бирлашмасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида
янв.21
Maktablarda sifatli ta'limni tashkl qilish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan 19-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi jarayonlardan lavxalar
янв.21
📌Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Partiyaning ustuvor vazifalari haqida davra suhbati
янв.21
O'zLiDeP Хонқа туман Кенгаши ташаббуси билан тумандаги 27-сон мактаб биносида “Фаровон оила” лойиҳаси доирасида 25 ноябрь - Халқаро аёлларга нисбатан зўравонликка қарши кураш куни муносабати билан “Биз зўравонликка қаршимиз!” шиори остида тадбир ташкил этилди.
янв.21
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Bogʻot tumani va Xonqa tumani Kengashi va yosh deputat A.Odamboyeva tashabbusi bilan “Kuzgi eko-sayohat” shiori ostida ekologik ekskursiya tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi tomonidan 49-sonli oilaviy poliklinikada hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Birinchi tibbiy yordam - hayotni saqlovchi bilimlar " mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Давлатимиз байроғи – мустақиллигимиз ва тинчлигимиз тимсоли
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
📍 O‘zbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi tashabbusi bilan "Nuroniylar" jamg‘armasi Xonqa tumani bo‘limida "Uzoq umr kaliti" mavzusida muloqot tadbiri o‘tkazildi.
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining sakson to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib
o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot
rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
 

Sessiya kun tartibida: 

1. Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘al oilalarning ro‘yxatini qaytadan shakllantirish
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
 

2. Urganch tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish,
hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh, zahirada turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi
korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish
bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy
hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 709-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ixtisoslashuvi va yo‘nalishini
o‘zgartirish to‘g‘risida
 

3. Tuman prokurori S.Gaybievning tumanda prokuratura organining qonun ustuvorligini
ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat
va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida
2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti toʻgʻrisida
 

4. 2023-yilning o‘n ikki oyi davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida
olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i B.Xaitbaevning axboroti to‘g‘risida
 

5. Urganch tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
U.Artiqovning 2023-yil o‘n ikki oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti
to‘g‘risida
 

6. Urganch tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yavqachevning 2023-yil 4-choragi davomida
norma ijodgorligi hamda tumanda ijtimoiy–iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti
holati bo‘yicha olib borilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida
 

7. Urganch tuman mahalliy budjetining 2024 moliya yili boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari
hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida
 

8. Urganch tumanida 2023-yil davomida aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi
tibbiy sanitariya muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan
ishlar to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Z.Sharipovning hisoboti
to‘g‘risida
 

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri
E.Sapaevning xalq qabulxonasi tomonidan 2023-yil 4-chorak yakuni bo‘yicha amalga
oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida
 

10. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining 2024-yil uchun Ish rejasi to‘g‘risida; 

11. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati vakolatini muddatidan ilgari tugatish
to‘g‘risida
 

12. Urganch tumani 3-sektor hududini qompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini
turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish
va huquqbuzarliklar profilkatikasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan
2024-yilning 1-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ishlar “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash
to‘g‘risida
 

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ190-sonli hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ 316-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha
tumanda olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIB YXXG katta inspektori X.Madaminovning
hisoboti to‘g‘risida
 

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining
hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini
bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
 

Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining sakson to‘rtinchi sessiyasi tuman
hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda
yoritilib borildi.
  

Slide 1 of 10