Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
"Biz zo'ravonlikka qarshimiz!"

🔷 Farg‘ona tuman hokimligi va Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi hamda Milliy gvardiya hamkorligida tumanning 55-sonli umumta’lim
maktabida ta’lim oluvchi o‘quvchi-qizlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
 

🔷 Tadbirda tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova,
Bumaryam Sobirova, tuman hokimi maslahatchisi M.Obidova va
Milliy gvardiya mayori Q.Turdalievlar ishtirok
etib, yosh qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”,
giyohvandlik, OITSga qarshi kurashish, tazyiq va zo‘ravonlik, erta turmush qurish
hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni oldini olish, shuningdek yoshlar o‘rtasida
huquqbuzarlik va jinoyatchilik bilan bog‘liq noxush holatlar oldini olish maqsadida
“Biz zo‘ravonnikka qarshimiz” mavzumisi davra suhbati o‘tkazildi.
 

🔷 Suhbat
davomida tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, B.Sobirovalar “Ayol ojiza, biroq
kuchli, ayol zaifa, ammo irodali! Uning irodasi oldida lozim bo‘lsa buyuklar bosh
egadi. Azaldan erkaklar himoyasida bo‘lgan sharq ayollarining qadr-qimmati hamisha
e’tirof etilgan. Biroq so‘nggi paytlarda xotin-qizlarni kuchli jins vakillari
tomonidan qadrsizlantirish, ularga tazyiq o‘tkazish, zo‘ravonlik qilish holatlari
ham afsuski ko‘plab kuzatilmoqda. Mamlakatimizda ushbu salbiy vaziyatlarga
chek qo‘yish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan bir nechata qonunlar ishlab
chiqildi. Ushbu Qonunlarning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini
ta’kidlab o‘tdilar  

Slide 1 of 5