Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 5-fevral kuni xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida Tumanda jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida IIB boshlig‘i Z.Mamadolievning hisoboti, Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Z.Safarovning 2024-yildagi faoliyati yuzasidan axboroti haqida, Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining tuman mahalliy byudjetining 2024-yillik ijrosi to‘g‘risida
hisoboti
, Tumanda 2024-yil davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar
to‘g‘risida
, Tumanda 2025-yil 1-yanvar holatiga tuman mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar , Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil uchun suv solig‘i hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stakasini tasdiqlash to‘g‘risida, Tumanda 2024-yilda aholini ichimlik suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar va kelgusidagi rejalar, Tuman IIB JXX tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari E.Yusupovning hisoboti, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi Pastdarg‘om tumani bo‘limi boshlig‘i J.Bobonazarovning hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 29-noyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbaalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-5-V-sonli qarori haqida, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Кengashlari tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida, Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi har bir masala sessiya ishtirokchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, ma’ruzachilarga berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi va tegishli mutasaddilarga belgilangan vazifalarni o‘z muddatida, sifatli hamda og‘ishmay ado etishda shaxsan mas’ulliklari uqtirib o‘tildi.  

Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 2