Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
Хalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining 5-sessiyasi bo'lib o'tdi.

 Joriy yilning 28-yanvar kuni xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi o‘tkazildi.  

Sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.   

 1. Tuproqqalʼa tumani sektorlarida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida. 

2. Tuproqqalʼa tumani sektorlarida 2025-yil I yarim yilligida amalga oshiriladigan ishlarning “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida. 

3. Tuproqqalʼa tuman prokurorining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024 -yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida. 

4. Tuproqqalʼa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2024-yil davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti to‘g‘risida. 

5. Tuproqqalʼa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2024-yil davomida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi hisoboti to‘g‘risida.  

6. 2025-yilda Tuproqqalʼa tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida. 

7. Tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida. 

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining “Tuman sektor rahbarlari va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati
yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti to‘g‘risida.
 

9. Hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasi mudirining 2024-yil yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida. 

10 Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘ining 2024-yil davomidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida. 

11. Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining 2024-yilda sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida. 

12. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari va mahalliy byudjetning 2024 yilda ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida. 

13. Byudjetning qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida.  

14 Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 

15 Tumanni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 

16. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida. 

17. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha reja-grafigini tasdiqlash to‘g‘risida. 

18. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani kengashi tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida. 

19. 2025-yilda tumanda aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish maqsadli ko‘rsatkichlari to‘g‘risida. 

20. Tuproqqalʼa tumanidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan davlat zaxirasida turgan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida.  

 Sessiya kun tartibida 20 ta masala ko‘rib chiqildi va ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar fikri tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 4