Javshar ota mahallasida joylashgan 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi uchun "Tashabbosli budjet" loyihasi doirasida 1 mlrd 350 mln so'm mablag' ajratilib, 180 o'rinli qo'shimcha bino qurildi va yaqinda foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Husan Yorqulov va Bekmirza Eshmirzayevlar ushbu maktabda ham bo'lib, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.