Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan 2025-yilda Nurobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash, Nurobod tumani sektor rahbarlari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda sektor hududini kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, migrantlar bilan ishlash, mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan 2025-yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqilash, 2025-yilda Nurobod tumani bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffsientlarni qo‘llash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-5-V-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son qarorining tumandagi ijrosi, Nurobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar, Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining 2024-yil 24-iyundagi VI-87-56-7-99-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining va doimiy komissiyalarining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ko‘tarilgan har bir masala xalq vakillari tomonidan atroflicha va qizg‘in muhokama etilib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 9