Bugun Yangiyer shahar hududidagi Mangulik qabristonida tashkil etilgan hasharda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari hamda ko'ngilli yoshlar va nuroniylar ishtirok etdi.
Hashar davomida qabriston hududida obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.
Qabristonlar tozaligi va obodonchiligi uchun o‘tkaziladigan hashar insonga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvchi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir sanaladi. U o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini bog‘laydi. Buni anglagan yoshlarimiz hasharda o'z birdamliklarini ko‘rsatishmoqda.