Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 13-Ozodlik saylov okrugidan saylangan deputat Xolnisa Shayimova "Ozodlik" va "Paxtakor" mahallalarida faoliyat yuratayotgan "mahalla yettiligi" bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati targ’ib qilinib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, aholining muammo va takliflari tinglandi. Yozma murojaatlar deputatlik so’rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta’kidlandi.