Unda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-7-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i J.Tursunovning hisoboti, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari F.Xujaqulovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida va kun tartibidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.