Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ иккинчи сессияси ўтказилди
Yangiobod tumanida navbatdagi sessiyasiya bo'lib o'tdi

Bugun Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 73-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Sessiya ishida deputatlar tomonidan kun tartibidagi 5 ta masala ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Sessiya kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Hasanov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan tanishtirdi va deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi.

Shundan so'ng sessiya kun tartibidagi 2-masala yuzasidan iqtisodiyot va moliya bo'limi bosh mutaxassisi J.Isroilov so'zga chiqdi va tuman mahalliy byudjetida 2024-yil 2-chorak yakuni bilan shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘ ajratish to'g'risidagi masala deputatlar muhokamasiga tashlandi. 

Deputatlar tomonidan ushbu masala atroflicha ko'rib chiqilib, qaror loyihalari tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibidagi 3-masala yuzasidan tuman hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Rayimovaning Tumanda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. 

Ma'ruzada ta'kidlandiki, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan 100 nafar, Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi tomonidan 51 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik ko‘nikmaliriga o‘qitilib, 58 nafariga 641 mln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga 121 nafar ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar jalb etilib, ularning bandligi ta’minlangan. 2024-yil boshida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda 663 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha dastur imzolangan. 

Bugungi kunga qadar 203 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga, 834 nafar xotin-qizlar mavsumiy ishlarga, 52 nafar xotin-qizlarni vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlangan. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 86 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilgan.

2023-2024-yilda “Ishsiz xotin-qizlarni bandligini taminlash” qo‘shma dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida dasturga kiritilgan 143 nafar xotin-qizlardan 116 nafarini bandligi ta’minlangan.

Sessiya kun tartibidagi 4-masala yuzasidan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Yangiobod tuman bo‘limi boshlig‘i S.Po'latovning mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. 

Xususan, joriy yilning 8 oyi davomida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘lar hisobidan jami 239,2 mln. so‘m mablag‘lar mahallalarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushirilganligi, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha mahallalarda so‘rovnomalar qabul qilinib ijroga yo‘naltirish tashkil etilgani aytildi. 

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan 31,3 mln. so‘m mablag‘lar xarajati sarflangani ta'kidlandi.

Shundan so'ng sessiya kun tartibidagi 5-masala yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E.Muxtorov 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi. 

Ta'kidlandiki, Yangiobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Joriy yilda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd 184 mln 949 ming so‘m mablag‘ hisobiga “Malika-Mohinur Buildings” MCHJ tomonidan 1-umumta’lim maktabining isitish tizimini joriy ta’mirlash, 12-umumta’lim maktabida o‘quvchi sig‘imi ortganligini inobatga olib “Oybek Hamroh” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 1 mlrd 197 mln 921 ming so‘mlik maktab hududidan qo‘shimcha 5.90 x 8.53 metr o‘lchamdagi 4 ta sinf xonasi qurish, 2-umumta’lim maktabida 981 mln 890 ming so‘m mablag‘ hisobiga maktabni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qolgan umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yili oldidan joriy ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilib, tayyor holatga keltirilgan. 

Sessiya davomida barcha masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi va Xalq deputatlari tuman Kengashining 73-sesaiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 11