Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida quyidagi masalalar bo'yicha qaror loyihalari ko'rib chiqildi: > Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari to‘g‘risida. > O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-mart kungi 156-sonli qaroriga asosan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” va “Yashil jamoat parklari” barpo etish to‘g‘risida. > “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xalq deputatlari shahar Kengashi qarori loyihasi haqida. > Ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyasiyani belgilangan prognoz darajasida ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. > Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida. ✈️ t.me/XonobodKengash ✅ 🔍#Andijon #Xonobod #Deputat #Sessiya
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Shahar ELEKTR TARMOQLARI rahbariyatiga Kengash qarori O'YINCHOQMI ?!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 2025- yil 18-avgustda qabul qilingan VII-9-59-11-167-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan hanuzgacha aniq natija yo‘qligi jamoatchilikda keskin e’tiroz uyg‘otmoqda. Qaror qabul qilinganiga 7 oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, unda belgilangan tayyor temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmagan.

Eng achinarlisi, mazkur ustunlar allaqachon xarid qilingan bo‘lsa-da, ularni joyiga o‘rnatish masalasi sababsiz ravishda paysalga solinmoqda. Natijada aholi elektr ta’minotidagi uzilishlar, xavfsizlikka tahdid va ortib borayotgan muammolar bilan yuzma-yuz qolmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obod etish siyosatini qat’iy olib borayotgan bir paytda, joylarda bunday loqaydlik va mas’uliyatsizlik Prezident siyosatini amalda qasddan orqaga tortish bilan barobar emasmi? Tayyor, sotib olingan tayanch ustunlarni o‘rnatmaslik – bu oddiy sustkashlikmi yoki aholining ehtiyojlariga nisbatan ochiq bepisandlikmi?

O‘rinli savol tug‘iladi: Quvasoy shahri Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Abelfazov Odiljon Huseinovich nima sababdan Kengash qarorini ijrosiz qoldirmoqda? Qarorni bajarishga to‘sqinlik qilayotgan real omillar bormi? Agar mavjud bo‘lsa, nega bu haqda Kengash va jamoatchilikka o‘z vaqtida rasmiy, asosli ma’lumot berilmadi?

Xalq deputatlari shahar Kengashi qarori – bu shunchaki tavsiya emas, balki ijro etilishi shart bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatdir. Unda shahardagi "100 ming aholini taqdiri" yotadi. Uni mensimaslik yoki qog‘ozda qoldirish davlat boshqaruvi intizomiga va qonun ustuvorligiga zid harakat hisoblanadi.

Mas’ul tashkilot rahbariyatidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan aniq muddatlar, amaliy chora-tadbirlar rejasi va javobgarlik masalasiga ochiq-oydin izoh berilishi qat’iy talab etiladi. Aks holda, bu masala jamoatchilik nazoratiga olinib, tegishli tartibda muhokama qilinishi va qonun doirasida choralar ko‘rilishi zarur.

Aholi manfaatlari ustuvor bo‘lgan davrda, joylardagi beparvolik va sustkashlikka o‘rin yo‘q. 

Davlat siyosatini so‘zda emas, amalda qo‘llab-quvvatlash – har bir rahbarning bevosita burchidir.

Slide 1 of 5