35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida quyidagi masalalar bo'yicha qaror loyihalari ko'rib chiqildi: > Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari to‘g‘risida. > O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-mart kungi 156-sonli qaroriga asosan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” va “Yashil jamoat parklari” barpo etish to‘g‘risida. > “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xalq deputatlari shahar Kengashi qarori loyihasi haqida. > Ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyasiyani belgilangan prognoz darajasida ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. > Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida. ✈️ t.me/XonobodKengash ✅ 🔍#Andijon #Xonobod #Deputat #Sessiya
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati

Ushbu hafta tuman deputatlari hududdagi aholining farovonligi va mahalliy muammolarni hal etishga qaratilgan faol ishlarni amalga oshirdilar. Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov rahbarligida hafta yakunlari sarhisob qilindi, deputatlar amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, kelgusidagi rejalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha muhim vazifalarni belgiladilar.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

-Fuqarolar bilan uchrashuvlar – deputatlar aholining murojaatlarini tinglab, muammolarni aniqlash va tezkor yechimlar topish bo‘yicha maslahatlar berdilar.

-Joylarda monitoring – hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va boshqa ijtimoiy loyihalar nazorat qilindi.

-Mahalla yettiligi bilan hamkorlik – har bir xonadonni tekshirish, ijtimoiy yordam zarurligini aniqlash va zarur tavsiyalar berish amalga oshirildi.

-Tahlil va hisobot tayyorlash – haftalik faoliyat natijalari asosida deputatlar hududdagi muammolar va yechimlar bo‘yicha hisobotlarni tuzdilar.

-Yangi rejalarga tayyorgarlik – kelgusi haftalarda amalga oshiriladigan ishlar va tashriflar bo‘yicha oldindan rejalashtirish ishlari olib borildi.

Deputatlar haftaning oxirida fuqarolar bilan yaqin aloqani mustahkamlash, mavjud muammolarni tezkor hal etish va hududni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlarni davom ettirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldilar.

Bu hafta deputatlar faoliyati hududdagi aholining ehtiyojlarini chuqur tushunish, ularning muammolarini joyida hal etish va kelgusidagi loyihalarni samarali rejalashtirish bilan yoritildi. Ularning ishlari tumanimiz rivoji va fuqarolarimiz hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3