Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
Kengash_faoliyati

DEPUTATLIK NAZORATI 

Aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Abdimo'minov tomonidan Bandixon tuman Tibbiyot Birlashmasi ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida nazorat-tahlil tadbiri olib bordi.

Oʻrganish davomida Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi,

 bepul dorilar bilan ta’minlanish darajasi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil etildi.

Oʻrganish davomida Bandixon tuman Tibbiyot Birlashmasi ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida Sog‘liqni saqlash vazirining 13.10.2023 y. 41-son "O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida"gi Buyrug‘i asosida 87-turdagi bepul dori-darmonlar berililishi ta'kidlandi.

Oʻrganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha deputat tomonidan tibbiyot mutasaddilariga tushuncha va tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 5