Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
#O‘RGANISH

 #O‘RGANISH 

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan. 

Yangiobod MFY xotin-qizlar faoli Axmedova Malohat ish faoliyati 6-Yangiobod okrug deputat I.Mullajonova tomonidan olib borgan ishlari órganildi.   

1.Xotin-qizlarni manzilli ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash maksadida 6 nafar nogironligi bor, ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalar o‘rganilib ijtimoiy xodim bilan birgalikda ularni holidan xabar olinib manzilli yordamlar ko‘rsatilganligi;  

      2.Migratsiyadan qaytgan Axadkulova Madina bilan suhbatlashib ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali fuqaroni ish bilan ta’minlash maqsadida ish o‘rinlari bilan tanishtirilganligi. Fukaroga profilaktika inspektori tomonidan hukukiy yordam ko‘rsatilganligi; 

3.Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida har haftaning chorshanba kunlari mahallada oila kuni o‘tkazib kelinayotganligi. So‘nggi bir oy davomida 6 nafar oila bilan suhbat o‘tkazilib 2 nafar oilani yarashtirishga erishilganligi; 

4.Tibbiyot hamshirasi bilan oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish to‘g‘risida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot olib borilganligi;  

5.Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish maqsadida Piskent tumani XKBIBo‘yicha katta inspektor R.Yakubova bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘grisida uchrashuvlar o‘tkazib kelinganligi aniqlandi.  

Slide 1 of 6