Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
Munosabat

 — Prezidentimizning BMT minbaridagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar mintaqaviy va global muammolarga yechimlar taqdim etishi bilan alohida ahamiyatga ega. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirish borasidagi taklif bugungi geosiyosiy voqelikning
talabidir. Chunki dunyo tubdan o‘zgardi, ammo xalqaro institutlar hali ham 1945-yil tuzilmasida qolmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish, xalqaro institutlarning samaradorligini oshirish zamon talabiga aylangan bir paytda O‘zbekiston ushbu jarayonning faol ishtirokchisi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlashi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Tabiiyki, xalqaro tizimni isloh qilish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdan boshlanadi. Shu bois, Prezidentimiz Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtaldi. So‘nggi 8 yilda mintaqamizda ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlar – yopiq chegaralarning ochilishi, savdo hajmining besh barobar oshishi, qo‘shma investitsiya jamg‘armalari va sanoat zonalarining tashkil etilishi «Yangi Markaziy Osiyo» konsepsiyasining amaliy natijasidir. 

Bosh Assambleyaning mintaqaviy integratsiyani qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyusiyasi qabul qilinsa, mintaqamiz global iqtisodiyotga yanada chuqur integratsiyalashadi va bu barcha qo‘shni davlatlar manfaatiga mos keladi. 

Mintaqaviy barqarorlik esa Afg‘oniston masalasini hal etmasdan turib to‘liq bo‘lmaydi. Prezidentimizning bu davlatni yakkalab qo‘ymaslik, unda katta infratuzilma loyihalarini amalga oshirish chaqirig‘i strategik ahamiyatga ega. Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishi terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashda eng samarali vosita bo‘ladi. 

Afg‘oniston orqali transport va energetika koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha BMT rezolyusiyasini qabul qilish taklifi esa bu mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy tizimga qayta integratsiyalashning amaliy mexanizmini yaratadi. Bu nafaqat afg‘on xalqi, balki butun mintaqa farovonligiga xizmat qiladi. 

Xavfsizlik masalasida so‘z ketganda, terrorizmga qarshi kurashishdagi tashabbuslarimiz alohida e’tiborga loyiq. Reabilitatsiya va qayta integratsiya bo‘yicha Mintaqaviy Kengashni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirish taklifi jahon tajribasida misli ko‘rilmagan loyihadir. Bu markaz orqali muammoli hududlardan qaytarilgan minglab shaxslarni jamiyatga moslashtirish tajribasi butun dunyoga tarqaladi. BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini O‘zbekistonda ochish esa mintaqamizni global antiterror kurashining muhim markaziga aylantiradi. 

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning BMT minbaridagi tarixiy nutqi O‘zbekistonning global mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini, xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida dunyo taraqqiyotiga hissa qo‘shish xohish-irodasini yaqqol namoyon etdi.  

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati D.Artikov