Yangiliklar

“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA


🇺🇿“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O'.Rajabov “MADAD” nodavlat notijorat tashkilotining Uzun tumanidagi huquqiy maslahat markazi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida aholiga bepul huquqiy maslahat va ko‘mak ko‘rsatish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda amaliy ko‘mak berish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va “MADAD” huquqiy maslahat markazi o‘rtasidagi hamkorlik aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lida izchil davom etmoqda.