Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish jarayonida sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda mavjud sport jihozlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda ayrim sport jihozlari eskirganligi va ularni zamonaviy jihozlarga almashtirish zarurligi qayd etildi.

➡️Mazkur masalani hal etish yuzasidan mas’ullar tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumida g‘olib bo‘lish orqali yangi, zamonaviy shug‘ullanish maydonchasi barpo etilishi hamda zarur sport jihozlari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgani bildirildi.

➡️Yangi sport maydonchasi va jihozlarning tashkil etilishi sportchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda yoshlarning ushbu sport turiga qiziqishini kengaytirishga xizmat qiladi.

⚡️ Sport infratuzilmasini rivojlantirish va yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 1