Yangiliklar

Sangzor mahallasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sangzor mahallasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sangzor mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etib, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tartibda hal etish hamda fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini topishning muhim omilidir.

Slide 1 of 2