📩 Aholi murojaatlari — deputatlik faoliyatining bosh mezoni
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari faoliyatining asosi aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash hamda qonuniy murojaatlarini hal etishdan iboratdir.
Deputatlar tomonidan har bir kelib tushgan murojaat — hududdagi infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha muhim signal hisoblanadi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar tegishli doimiy komissiyalar va mahalla "yettiligi" bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganilib, ijro organlariga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali qat’iy nazoratga olinmoqda.
Xalq saylagan vakillarning asosiy vazifasi — har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini his qilgan holda, muammolarning ochiq, adolatli va qonuniy yechimini ta’minlashdir.