Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "19-Konizar" saylov okrugi deputati F.Musurmonqulov hududiga kiruvchi “Bekobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulovlar tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🟢 O‘rganish davomida mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida elektr ta’minoti holatini yaxshilash maqsadida mahallada yashovchi fuqaro B.Usmonov tomonidan eskirgan yog‘och elektr tayanchlarini zamonaviy beton tayanchlarga almashtirish yuzasidan murojaat bildirildi.
🟢Mazkur masala deputat tomonidan joyida o‘rganilib, “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish masalasi deputat nazoratiga olindi.