📚 Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Uchquduq tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va tantanali ruhda o‘tkazildi.
Tadbirda xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Xudoyberdiyeva ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etdi.
🔹 Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga samimiy tilaklar bildirilib, ularning bilim olish yo‘lidagi dastlabki qadamlari xayrli va omadli bo‘lishi tilandi.
🔹 Shuningdek, maktab jamoasiga ta’lim-tarbiya jarayonida yuqori natijalarga erishish, o‘quvchilarga esa yangi o‘quv yilida puxta bilim, yuksak marralar va katta muvaffaqiyatlar tilaklari bildirildi.
Yangi o‘quv yili barchaga ilm, izlanish va yangi zafarlar olib kelsin!
✅Telegram ✅Facebook ✅Instagram ✅E-Kengash