35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yangi o'quv yili nishonlandi

Yangi o'quv yili nishonlandi

Mamlakatimizning boshqa hududlarida bo'lgani singari, bugun 5-sonli umumta'lim maktabida ham «Birinchi qo'ng'iroq» bayrami yuksak ruh va tantana bilan o'tkazildi.

🗣 Marosimda Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 6-Qorasuv saylov okrugidan saylangan deputati J.Raximqulov faol ishtirok etdi.

📝 Tadbirda u bugungi yosh avlodga sifatli ta'lim va yuksak ma'naviyat berish masalasi mamlakatimiz siyosatida alohida o'rin tutishini alohida ta'kidlab o'tdi.

✍️ Bundan tashqari, deputat maktabning birinchi bosqich o'quvchilarini samimiy tabriklab, ularga esdalik sovg'alarini topshirdi hamda o'qishda yuksak natijalarga erishishlarini tilab qoldi.

🎓 Ushbu bayram barcha ta'lim oluvchilarga ilhom, kuch-g'ayrat va yangi marralarni zabt etish uchun turtki bo'lsin!

Slide 1 of 1