Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek”
mahallasida “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi B. Najmiddinov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromadlarini oshirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi, ulardan samarali foydalanish hamda kredit asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi joyiga chiqib o‘rganildi.Xususan, Imomaliyev Farrux Elmurod o‘g‘liga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 7 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, hozirda mazkur mablag‘lardan maqsadli foydalanib kelinmoqda. “Oybek” MFY Ziyolilar ko‘chasida yashovchi Jalolov Shaxzod Sirojiddin o‘g‘liga “Mahalla loyihasi” doirasida sartaroshlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 40 mln so‘m kredit ajratilgan va loyiha faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Yangi hayot ko‘chasida
yashovchi Otabek Ikromovga PQ-312-son qarori asosida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 100 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib,ushbu mablag‘lardan maqsadli foydalanilmoqda.Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning shu davrida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 10 nafar fuqaroga jami 220 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Shuningdek, “Mahalla loyihasi” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari asosida tijorat banki bilan hamkorlikda 23 nafar fuqaroga jami 630 mln so‘m kredit mablag‘lari berilgan.O‘rganish natijasida mazkur dasturlar doirasida ajratilgan kredit mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilayotgani hamda amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyat yuritayotgani aniqlandi.Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish,
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini yanada oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.