🏅Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Q.Igambergenov tomonidan Urganch tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahalla faollari hamda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuvda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini o‘rganish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash, shuningdek, mahallada osoyishtalik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha kelishib olindi.
“Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ishlar aholi manfaatlarini ta’minlash va mahallalarda real o‘zgarishlarni yuzaga chiqarishga qaratilmoqda.